Davomat

O'quv markaz va maktab uchun davomat dasturi

Davomat har kuni, har dars uchun belgilanadi — demak u markazdagi eng ko'p takrorlanadigan amal. U sekin bo'lsa, o'qituvchilar uni keyinga qoldiradi va oxir-oqibat umuman belgilamaydi.

Bepul boshlash 1-oy bepul, keyin har bir o'quvchi uchun oyiga 1 000 so'm

Ilmkor'da davomat qanday belgilanadi

Bosh sahifada bugungi darslar vaqt bo'yicha turadi. Darsni ochasiz, har o'quvchi yonida ikki tugma — keldi yoki kelmadi. "Hammasi keldi" bilan butun guruh bir bosishda belgilanadi, keyin faqat kelmaganlar o'zgartiriladi. Saqlaysiz — sahifadan chiqmaysiz.

O'tib ketgan, lekin belgilanmagan darslar qizil rangda va sahifa tepasida soni bilan ko'rsatiladi — shuning uchun hech biri unutilmaydi.

Davomatdan keyin nima bo'ladi

  • Davomat foizi kunlik va o'quvchi bo'yicha hisoblanadi.
  • Belgilangan darslar o'qituvchi maoshi hisobiga qo'shiladi.
  • Ota-ona farzandining davomatini o'z portalida ko'radi.
  • Uzoq vaqt kelmayotgan va qarzdor o'quvchilar ketish xavfi ostida deb belgilanadi.

Ko'p so'raladigan savollar

Davomatni kim belgilaydi?

Odatda o'qituvchi o'z guruhi uchun belgilaydi; administrator va direktor ham belgilashi yoki tuzatishi mumkin.

Davomat o'qituvchi maoshiga ta'sir qiladimi?

Ha, maosh o'tilgan darslar soniga qarab hisoblanadi, belgilangan darslar avtomatik hisobga olinadi.

O'z markazingizda sinab ko'ring

1-oy bepul, keyin har bir o'quvchi uchun oyiga 1 000 so'm

Bepul boshlash